Namanganda 16 yoshli qiz boshqargan mashina kanalga tushib ketdi
Videodan kadr
Namangan viloyatida “Spark” kanalga tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa joriy yilning 23-mart kuni Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida yuz bergan. Ushbu tumanda yashovchi fuqaro oʻzining boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan 16 yoshli qiziga ishonib topshirgan. Orqa oʻrindiqda esa qizning onasi va 10 yoshli singlisi boʻlgan.
Voyaga yetmagan qiz avtomashinani boshqarib ketayotib, yoʻlning xavfli burilish qismida oʻng tomonga burilayotgan vaqtida tajribasizligi sabab rul boshqaruvini yoʻqotgan. Oqibatda mashina yoʻlning oʻng tomonidan oqib oʻtuvchi Andijon kanaliga tushib ketgan.
Hodisa sabab orqa oʻrindiqda boʻlgan ona va kichik yoshli qizaloq nafas yoʻliga suv tiqilishi tashxisi bilan vafot etgan.
Mashina boshqargan voyaga yetmagan qiz va uning otasi tan tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring