Namangan teatri Janubiy Koreyada konsert berdi
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Joriy yilning bahorida Namanganda oʻtkazilgan 63-Xalqaro gullar festivaliga kelgan Janubiy Koreya Respublikasi sanʼat namoyondalari anjumanda oʻzining milliy badiiy dasturini namoyish qilgan edi. Ayni jarayonda gullar shahri va Buyeo-Gun viloyatlari oʻrtasida madaniyat sohasida hamkorlik oʻrnatish yuzasidan memorandum ham imzolangan. Namangan viloyat musiqali drama teatri jamoasi oktyabr oyining birinchi haftasida Buyeo-Gunda ijodiy safarda boʻldi. Hamyurtlarimiz bu yerda koreyslarning 70- Beakje milliy festivalida ishtirok etdi.
– Festival qatnashchilariga maxsus teatrlashtirilgan dasturni tuhfa etdik, – deydi teatr direktorining oʻrinbosari Nuriddinxoʻja Abdurahimov. – Ular tomonidan ijro etilgan “O yalli, yalli” , “Namanganning olmasi” taronalari, milliy qoʻshiq va laparlar hamda “Maysaraning ishi” , “Bogʻbon qiz” spektakllaridan namoyish etilgan parchalar, doira va karnay sadolari olqishlar bilan kutib olindi.
Koreys milliy festivali, unda ijro etilgan rang-barang dasturlar namanganlik sanʼatkorlarda ham katta taassurot qoldirdi. Ijodiy aloqalarni yanada kengaytirish, yangi spektakllar almashish boʻyicha yangi rejalar belgilab olindi.



Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring