Nafas yoʻlida surunkali kasalliklari borlar changli havoda tashqariga chiqmang — “Sanepidqoʻmita”
Havo tarkibidagi chang zarralari uylar, ishxonalar, avtomobillarning eshik – derazalaridan sizib kirib, yopiq xonalar havosini ham chang zarrachalari bilan ifloslantirishi mumkin. “Sanepidqoʻmita” bunday vaziyatda qanday harakatlanish kerakligi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, changli havoda quyidagi chora-tadbirlarni koʻrishni tavsiya qilingan:
- Koʻchaga iloji boricha kamroq chiqish;
- Ishga, oʻqishga, xarid uchun koʻchaga chiqqanda tibbiy niqob taqish va har 2 soatda almashtirish;
- Koʻchadan uyga qaytgach dush qabul qilish (soch va yuz-koʻzlarni yaxshilab yuvish);
- Kalit, koʻzoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxshilab artish;
- Koʻchaga kiyib chiqqan kiyimlarni yuvish;
- Ustki kiyimlarni (kostyum, plash, palto va boshqalar) maska taqqan holda tashqarida yaxshilab qoqish;
- Nim taʼsir etuvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez chayish;
- Koʻproq suyuqlik (iliq) ichish, iloji boʻlsa koʻk choy, naʼmatak damlamasini ichish;
- Yogʻli, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, shoʻr, achchiq taomlarni cheklash;
- Suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotlari (qatiq, kefir va boshqalar), koʻkatlarni isteʼmol qilish.
- Changni koʻp toʻplanishini oldini olish va uyni hamda yuzalarni toʻgʻri tozalash kerak:
- Uy, ishxona va mashina eshiklari va derazalarini zich yopish;
- Chang yigʻilishi mumkin boʻlgan hamma narsalarni chang yutkich yordamida tozalash kerak (gilam, yumshoq mebel, yumshoq oʻyinchoqlar va boshqalar). Yumshoq mebelni qoqishdan avval usti namlangan latta bilan oʻralishi tavsiya etiladi.
- Chang yigʻilishi mumkin boʻlgan barcha yuzalarni (pol, shkaf, ishchi yuzalar va boshqalar) kun davomida bir necha marta namlangan latta bilan yaxshilab artish kerak;
- Oyoq kiyimlarini eshik oldida qoldirish va imkon qadar tezroq yuvib qoʻyish kerak;
- Xona havosi optimal namligini taʼminlash: hoʻl sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sigʻimli idishlarga suv solib qoʻyish.
Bundan tashqari, “Sanepidqoʻmita” nafas yoʻli surunkali kasalliklari bor yurtdoshlarimizga changli havoda tashqariga chiqmaslikni tavsiya qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring