Muqaddam sudlangan fuqaro psixotrop moddalar bilan qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tumani boʻlimi hamda IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan muqaddam sudlangan fuqaro A.A. “Damas” rusumli avtomashinasida inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi 124 dona kapsuladagi “Regapen” nomli dori vositasini Andijon shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Yangihayot tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, Yakkasaroy tumani, “Qushbegi” mavzesidagi “N.A.” MCHJ dorixona farmatsevti fuqaro U.T. 50 dona “Omnadren 250” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 3 million soʻmga shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Bundan tashqari, departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud 200 kapsula “Benzonal” nomli dori vositasini 1,2 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring