Mulkdorlar huquqlari kafolatli taʼminlanadi
Joriy yilning 8-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishida “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Soʻnggi yillarda xususiy mulk va unga boʻlgan huquqlar daxlsizligini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash, davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklashga doir tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi qatʼiy norma belgilab qoʻyildi.
Qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirilmoqda.
Jumladan, qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi lozimligi, turar joylarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish, ularni qayta qurish yoki buzish shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi haqidagi normalar belgilanmoqda.
Yigʻilishda fraksiya aʼzolari mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini soʻzsiz amalga oshirishga, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishi orqali xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarini kafolatli taʼminlashga xizmat qilishi qayd etib oʻtishdi.
Qizgʻin bahs-munozaralar yakunida qonun loyihasini takomillashtirishga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalar berildi hamda qoʻllab-quvvatlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring