Muhim qirqta qonunchilik hujjatlari samaradorligi oʻrganiladi

08:53 02 Fevral 2024 Jamiyat
116 0

Adliya vazirligi tomonidan barqaror va samarali qonunchilik bazasini yaratish maqsadida qonun ijodkorligi jarayonlarida “aqlli tartibga solish” modeli elementlari keng qoʻllab kelinmoqda.

Shu jumladan, vazirlik qonunchilik hujjatlarining tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi organ boʻlib, muntazam ravishda davlat organlariga bu borada uslubiy va metodologik yordam koʻrsatib keladi.

Xususan, Adliya vazirligida 2024-yilning 1-fevralida “Amaldagi qonunchilik hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholash” mavzusida oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi.

Seminarda 20dan ortiq vazirlik va idoralarning vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi. Unda joriy yilda amaldagi qonunchilik hujjatlarining tartibga solish taʼsirini baholash jarayonlarining muhim jihatlari muhokama qilindi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-yanvardagi tegishli Farmoni asosida 40 ta muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega hamda keng jamoatchilikning eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan qonunchilik hujjatlarini tartibga solish taʼsiri baholanishi taʼkidlandi.

Seminar davomida ushbu baholash ahamiyati va tartibi, erishilgan natijalar toʻgʻrisida maʼlumot berilib, amaldagi qonunchilik hujjatlarini tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish borasida Adliya vazirligi tomonidan tushuntirildi va muhokama qilindi.

Shuningdek, hujjatlarda koʻrsatilgan koʻplab majburiyatlar tartibga solish maqsadlariga erishilganligi va ortiqcha maʼmuriy yuk mavjudligi jihatidan qayta koʻrib chiqilishi, baholash natijalariga koʻra samaradorligi past boʻlgan yoki koʻzlangan maqsadlarga erishilmagan tartibga solish vositalarini oʻzgartirish, bekor qilish yoki mexanizmini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishi taʼkidlandi.

Shahzoda ERGASHEVA,

OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetining 2-bosqich talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?