“Muhandislik oyligi”ga start berildi

Shu yil aprel oyi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yurtimizda ilk bor “Muhandislik oyligi” deb e’lon qilindi.
Mazkur tashabbus mamlakatimizda muhandislik sohasining salohiyatini oshirish, talabalarning ijodiy va texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Muhandislik oyligi” rasman ochildi. Marosimda so‘zga chiqqan mutasaddilar muhandislik sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor, amalga oshirilayotgan tub islohotlar hamda ilg‘or tashabbuslar haqida so‘zlab, yosh muhandislar va ishtirokchilarga musobaqalarda muvaffaqiyat tiladi.
Tadbir doirasida tashkil etilgan — “Made in TUIT” nomli ko‘rgazmada talabalar tomonidan yaratilgan eng yaxshi innovatsion ishlanmalar namoyish etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring