Mol-mulkka taqiq qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar banki joriy etiladi
Foto: Arxiv surat
Hukumat qarori (468-son, 22.08.2022-y.) bilan Boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab yoki hatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorga koʻra, 2022-yil 1-oktyabrdan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab (hatlab) qoʻyilganligi, shuningdek taqiqlab (hatlab) qoʻyish bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar banki joriy etiladi.
Maʼlumotlarni elektron maʼlumotlar bankiga kiritishda:
— jismoniy shaxsning shaxsiga oid va avtomototransport vositalariga oid maʼlumotlar – Ichki ishlar vazirligi;
— yuridik shaxsga oid maʼlumotlar – Adliya vazirligi;
— koʻchmas mulkka oid maʼlumotlar – Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi;
— qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalariga oid maʼlumotlar – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi;
— attraksionlar va koʻtarish inshootlari (minora kranlari)ga oid maʼlumotlar – Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi;
— kemalarga oid maʼlumotlar – Transport vazirligi;
— kichik hajmli kemalarga oid maʼlumotlar – Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining elektron axborot tizimlari orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Elektron maʼlumotlar banki davlat tilida shakllantiriladi va yuritiladi.
Notarius elektron maʼlumotlar banki orqali mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyishi va taqiqni bekor qilishi mumkin.
Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab yoki hatlab qoʻyish, shuningdek, uni bekor qilishda toʻlov undirilmaydi.
Murojaatga asosan elektron maʼlumotlar bankida mavjud maʼlumotlar notarius va (yoki) notarial arxiv mudiri tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali yoxud E-notarius.uz axborot portali orqali taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring