MMA assotsiatsiyasi raisi Habib Nurmagomedov bilan uchrashuv oʻtkazdi

11:57 15 Oktyabr 2025 Sport
206 0

Foto: IIV

MMA yulduzi, sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov Aralash jang sanʼati faoliyati bilan tanishish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Nurmagomedovning tashrifi Oʻzbekiston Aralash jang sanʼati assotsiatsiyasi taklifiga muvofiq tashkil etilgan. Mehmonni uyushmaning rasmiy manzilgohi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Jar” sport majmuasida Oʻzbekiston Aralash jang sanʼati assotsiatsiyasi raisi Aziz Tashpulatov, Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari hamda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov, Oʻzbekiston Aralash jang sanʼati assotsiatsiyasi rahbariyati, Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiylari hamda sportchilar kutib olgan.

Foto: IIV

Tadbir jarayonida Oʻzbekistonda mazkur sport sohasini yanada rivojlantirish, aralash jang sanʼatini ommalashtirish va xalqaro tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilingan.

Habib Nurmagomedov uchrashuv chogʻida oʻz tajribasidan kelib chiqib, sportchilarni professional tayyorlash boʻyicha tavsiyalar berib, Oʻzbekistonda sport salohiyati yuqori ekanini alohida taʼkidlagan.

“Hozirgi kunda Oʻzbekiston boks sportida dunyoda yetakchilik qilib, eng koʻp oltin medallarni qoʻlga kiritayotgan davlat sifatida timsollanib kelmoqda. Ishonamanki, agar oʻzbekistonlik yoshlarga boshqa sport turlarida, xususan aralash jang sanʼatida sharoit yaratilib, toʻgʻri yoʻnalish berilsa, yaqin kelajakda dunyo sahnasida kuchli sportchilar orasida yetakchilik qilishadi”, degan u.

Uchrashuvda aralash jang sanʼati boʻyicha oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari tashkil etish, xalqaro musobaqalar oʻtkazish hamda soha yoʻnalishida murabbiy va hakamlar malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish kabi tashabbuslar rejalashtirilgan.

Foto: IIV

Shuningdek, Nurmagomedov yosh sportchilar bilan uchrashuv oʻtkazib, ularga motivatsion, tashabbusga undovchi nutq soʻzlagan va shaxsiy tajribasi bilan oʻrtoqlashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?