Misr Oʻzbekistonga S gepatitiga qarshi 17 ming quti “Daklatasvir” dori vositasini yetkazib berdi
Insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan dorilarning birinchi partiyasi Toshkent aeroportida qabul qilindi.
Joriy yilning 29-aprel kuni Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan, dunyoda keng tarqalgan kasalliklardan biri — S gepatitiga qarshi “Daklatasvir” dori vositasining dastlabki partiyasi Toshkentga yetib keldi.
Qayd etilishicha, umumiy qiymati 35 ming AQSH dollarini tashkil etgan 17 ming qutidan ortiq “Daklatasvir” dori vositasi Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlar uchun ishlatiladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Misr sogʻliqni saqlash idoralari 2023-2024-yillar davomida umumiy qiymati 4,8 million dollarlik jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalarini Oʻzbekistonga bepul yetkazib berish boʻyicha kelishuvga erishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring