Miraki dor yoʻli ochilish arafasida

14:41 23 Iyul 2025 Jamiyat
110 0

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Shahrisabz tumanining Miraki qoʻrgʻonchasida koʻplab turistik loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri — “Gold Step Invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilayotgan dor yoʻli hisoblanadi.

— Ushbu dor yoʻlining uzunligi 2050 metrni tashkil qiladi, — deydi Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish departamenti direktori oʻrinbosari Javohir Tojiyev. — Unda 20 dona “kabinka” boʻlib, har biri bir vaqtning oʻzida 8 kishi bilan harakatlana oladi.

Bugungi kunda dor yoʻli uchun zarur 7 ta ustun toʻliq barpo etilib, troslarni tortish, “kabinka”larni oʻrnatish hamda elektr-montaj ishlari ham toʻliq yakunlangan. Dor yoʻli yaqin kunlar ichida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер