Milliy terma jamoa aʼzosi “Andijon” klubiga oʻtdi
Toshkentning “Paxtakor” klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Azizbek Turgʻunboyev faoliyatini “Andijon” jamoasida davom ettiradi. Bu haqda “Andijon” klubining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi va bungacha “Paxtakor” safida toʻp tepgan hujumkor yarim himoyachi Azizbek Turgʻunboyev yangi mavsumda “Andijon” sharafini himoya qilishini barchangizga mamnuniyat bilan eʼlon qilmoqchimiz. Tomonlar oʻzaro kelishuvga erishishdi va mehnat shartnomasi imzolandi.
Azizbek Turgʻunboyev 1994-yilning 1-oktyabr sanasida Namanganda tavallud topgan. U faoliyati davomida “Navbahor”, “Paxtakor” va shu bilan birga Turkiya chempionatida “Sivasspor” jamoalari sharafini himoya qilgan“, deyiladi klubning rasmiy sahifasida.
Maʼlumot uchun, Turgʻunboyev 2018-yildan beri Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqtga qadar u 43 ta oʻyinda ishtirok etib, 6 ta gol muallifi boʻlgan. Jumladan, Jahon chempionati saralashining soʻnggi turida Qatar darvozasiga toʻp kiritgan.
U 3 karra Oʻzbekiston chempioni, 2 karra Oʻzbekiston Superkubogi sohibi, 1-marta Oʻzbekiston Kubogi sohibi hamda 1-marta milliy terma jamoa bilan CAFA musobaqasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring