Milliy sertifikat imtihonida test savollari va javoblarini olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Jizzax shahrida milliy sertifikat olish uchun test materiallarini oldindan aniqlab berishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro R.M. Jizzax shahridagi “E.“ oʻquv markazida oliy oʻquv yurtiga kirish maqsadida boʻlgan oʻquvchilarga kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat olish uchun test savol va javoblarini olib berishini aytgan.
U buning evaziga oʻquv markaz xodimi Sh.X.dan firibgarlik yoʻli orqali 156 million soʻm va 8 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring