Milliy matbuot markazida isteʼdodli shoira Dilora Xoliqovaning “Vaʼda” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi — Fotoreportaj
Foto: Davronbek Ernazarov/“Xalq soʻzi”
Bugun, 19-iyun kuni Respublika Milliy matbuot markazida isteʼdodli shoira Dilora Xoliqovaning “Vaʼda” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Dilora Xoliqovaning sheʼriyati sogʻinch, umid, komillik, hajr, armon kabi insoniy tuygʻular, xazonrezgi kuz, yomgʻirli tun, musaffo tong ranglarining murakkab va uygʻun kompozitsiyasi deyish mumkin. Uning satrlar ohang-kuyday yangraydi, mavzularga teran mazmun va betakror badiiyat uygʻunligini baxshida etadi. Nomardlik, subutsizlik, befarqlik va yuzsizlik kabi illatlar qarshisida kuchli iztirob chekayotganini ilgʻaysiz.
Muallif kitobda oʻzining vatanga, yorga, ota-onaga boʻlgan adoqsiz sevgisini yangicha shakl va uslubda ifoda etadi, millatning oʻtmish va bugungi dardlarini oʻz koʻngil hidoyatidan oʻtkazib, doimiy hayrat va titroq bilan qalamga oladi. Shu tariqa tafakkur qudrati va qalb uygʻunligiga erishgan yuksak sheʼriyat har qanday oʻquvchini oʻziga beixtiyor maftun etadi.
Tadbir yakunida “Qanot” loyihasi doirasida muallifning sheʼrlari boʻyicha oʻtkazilgan ijodiy tanlovning 40 dan ortiq gʻolib va sovrindorlari ham taqdirlandi.
Maʼlumot uchun, Dilora Xoliqova 1985-yil Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tugʻilgan. Navoiy davlat pedagogiga instituti (hozirgi Navoiy davlat universiteti)ning oʻzbek tili filologiyasi fakultetini tamomlagan.
Turli yillarda “Uchquduq” va “Yangi Qiziltepa” gazetalarida muxbir sifatida mehnat qilgan. Salkam 20-yildan buyon pedagogik faoliyat bilan shugʻullanadi. Yosh ijodkorlarning “Zomin seminari” (2006-yil) ishtirokchisi. Uning sheʼrlari “Kengliklar sururi”, “Subh”, “Navoiy gulshani” toʻplamlaridan oʻrin olgan, Turkiya, Qozogʻiston, Tojikiston va Hindiston kabi xorijiy davlatlarning jurnallarida eʼlon qilingan. “Vaʼda” muallifning ilk toʻplamidir.
Davronbek ERNAZAROV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring