Milliy madaniy merosimizga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgardi
Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylarni asrash kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Madaniy meros agentligi, respublikamizning barcha hududlaridan jami yuzga yaqin obyektlarni taʼmirlash-tiklash, obodonlashtirish, uni saqlash va muhofaza etish, oʻrganish, loyihalash, ulardan foydalanish bilan shugʻullanuvchi sohaning malakali va salohiyatli mutaxasis-ustalari, muhandislar, loyihachilar hamda olimlar qatnashadilar.
Qayd etilganidek, bugun mamlakatimizda moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash doirasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Prezidentimiz madaniy merosni asrash va avaylash borasida olib borayotgan jadal hamda keng qamrovli islohotlari natijasida ushbu yoʻnalishda ham tizimli va samarali mexanizm joriy qilindi.
Tahlillarga koʻra, mamlakatimizda hozirgi kunga qadar 8 ming 209 ta moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyekti davlat muhofazasiga olingan boʻlib, shundan 4 748 tasi arxeologiya, 2 251 arxitektura obyektlari, 678 tasi monumental sanʼat asarlari, 532 tasi diqqatga sazovor joylar hisoblanadi.
Davlatimiz rahbarining 2021-yil 19-iyundagi “Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan “Madaniy meros obyektlari direksiyasi” davlat muassasasining “Buxoro”, “Shahrisabz”, “Samarqand”, “Termiz”, “Qoʻqon”, “Xiva” mintaqaviy restavratsiya markazlari tashkil etildi.
Xulosa qilib aytganda, oʻtmishdan bugungi kunga qadar zamonlar silsilasidan oʻtib kelayotgan milliy madaniy merosimizga boʻlgan munosabat soʻnggi yillarida tubdan oʻzgarayotganligi, madaniy meros obyektlarining restavratsiya hamda konservatsiya ishlari bilan bir qatorda, iqtisodiyotning strategik tarmogʻi sifatida rivojlanib kelayotganligi tadbir mobaynida alohida eʼtirof etildi.

Tadbir soʻngida yurtimizda yillar davomida mazkur sohada samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan usta-restavratorlar hamda jamoatchi inspektorlar agentlik rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring