Milliy kutubxona yaqinidagi koʻchalar transport harakati uchun 5 kunga yopiladi
Toshkent shahridagi Milliy kutubxona yaqinidagi 3 ta koʻchada transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ekologik tarbiya, tabiatni muhofaza qilish va “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini targʻib etish maqsadida poytaxtda “Toshkent gullari” festivali boʻlib oʻtadi. Festivalning asosiy tadbirlari Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinadi.
Shu munosabat bilan 29-apreldan 3-maygacha quyidagi hududlarda transport vositalari harakati cheklanadi:
- Zarafshon koʻchasining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi qoʻriqlash punkti va Matbuotchilar koʻchalari oraligʻidagi qismi;
- Istiqlol koʻchasining A.Temur va Buyuk Turon koʻchalari oraligʻidagi qismi;
- Buyuk Turon koʻchasining Istiqlol koʻchasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha boʻlgan qismi.
“Koʻrsatilgan davr ichida muqobil yoʻllardan foydalanishingizni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring