Milliy komissiya: oʻqituvchi paxta terimida ishtirok etishga majbur qilinmagan
Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzaxda oʻqituvchi “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganini paxta dalasida eshitdi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya tomonidan oʻrganildi.
Jizzax shahridagi 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Gulbahor Saidmuradovna Samadova paxta yigʻim-terimida yakshanba kuni qoʻshimcha daromad topish maqsadida ishtirok etayotganligi, uni ushbu ishda qatnashish uchun hech qanday majburlash holati boʻlmaganligi aniqlandi.
Shu bilan birga, Milliy komissiya xodimlarga ularning funksional vazifalariga kirmaydigan ishlarga jalb qilish holatlarini qonunchilikka zidligini hamda bu ishlar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanganligini yana bir bor eslatadi.
Aziz yurtdoshlar!
Agar Siz majburiy tarzda biror-bir mehnatga jalb etish, munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bilan bogʻliq muammolarga duch kelsangiz, “1176” hamda “1092” raqamli “ishonch telefoni”ga murojaat qilishingizni soʻraymiz.
Har bir maʼlumot va murojaat belgilangan tartibda tezkorlik bilan oʻrganib chiqiladi hamda zarur choralar koʻriladi. Murojaatchining roziligisiz shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmasligi kafolatlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring