Milliy gvardiya boʻlinmalarida yoshlar ittifoqining 44 ta boshlangʻich tashkiloti faoliyat olib boradi
AOKAda milliy gvardiya rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmasliklari uchun hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Ushbu boshlangʻich tashkilotlarda ularda 44 nafar yetakchi, 176 nafar yoʻnalish sardori faoliyat olib bormoqda.
Oʻtgan davr mobaynida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va 5 muhim tashabbus loyihasi doirasida mahalla va taʼlim muassasalarida jami 19 238 ta tadbir oʻtkazilib, unda 1 594 235 nafar yoshlar (shundan 192 495 nafari uyushmagan yoshlar) ishtirok etdi.
Shuningdek, Milliy gvardiya huzurida “Yoshlar innavotsion maskani” va “Bolalar psixologik markazi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi va markazda 10 dan ortiq toʻgarak ish olib bormoqda.
Bundan tashqari, Markazning birinchi qavatidagi “Yoshlar innovatsion maskani” da yoshlar uchun aeromodellashtirish, IT dasturlash, robototexnika boʻyicha toʻgaraklar faoliyat yuritib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring