“Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!” mavzusida foto va videoroliklar tanlovi g’oliblari taqdirlandi
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!” mavzusida foto va videoroliklar tanlovini eʼlon qilgan edi.
Ijodiy ishlar mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining tarixi va buguniga oid jarayonlarni, harbiy xizmatchilar hayotini, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga oid lavhalarni oʻzida aks ettirgan boʻlishi tanlovning asosiy sharti hisoblanadi.

80 nafarga yaqin foto va video ijodkorlaridan 600 dan ortiq ijodiy ishlar kelib tushgan. DXX akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar, Ishki ishlar va Mudofaa vazirliklari, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Respublika Maʼnaviy va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi xodimlaridan iborat hayʼat aʼzolari tomonidan baholandi.

Bugun, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyida tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boshligʻi, polkovnik Valijon Dadajonov, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktor oʻrinbosari Xushnudbek Xudoyberdiyev va “Vatanparvar” gazetasi bosh muharriri, podpolkovnik Ahror Ochilov ishtirok edi.
Tanlovning yakuniy natijalarga koʻra:

Fotolar yoʻnalishi boʻyicha
1-oʻrin – Surxondaryo viloyatidan Asliddin Alijonov,
2-oʻrin – “Vatanparvar” birlashgan tahririyati boʻlim boshligʻi Aziz Norqulov,
3-oʻrin esa “Qashqadaryo” va “Novosti Qashqadari” gazetalari fotomuxbiri Sobir Narziyev loyiq deb topildi.

Videoroliklar boʻyicha esa:
1-oʻrin — Jasur Shermatov, Milliy gvardiya matbuot xizmati xodimi;
2-oʻrin — Behzod Hamrayev, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xodimi;
3-oʻrin — Sirojiddin Vohidov, “Xalq soʻzi” va “Narodnoe slovo” gazetalari fotomuxbiri.
Gʻoliblar maxsus diplom hamda qimmatbagʻo sovgʻalar bilan taqdirlandi.






Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring