Milliy arxiv fondiga kiritilgan hujjatlar boʻlmagan — "Oʻzarxiv" “makulatura”ga sotib yuborilgan hujjatlar haqida

23:11 15 Dekabr 2020 Jamiyat
1095 0

Avvalroq, Yakkabogʻ tuman davlat arxivchisi arxiv hujjatlarini sotib yuborgani haqida xabar bergan edik. Ushbu xabarga «Oʻzarxiv» agentligi Axborot xizmati munosabat bildirdi.

Unga koʻra, Yakkabogʻ tumani davlat arxivida mazkur voqea 13-noyabr kuni soat 18:00 dan keyin sodir boʻlgan boʻlib, shu kuni oʻzining gʻaraz niyatini amalga oshirmoqchi boʻlgan shaxs arxivda vaqtincha saqlanadigan birlamchi hamda yoʻq qilishga ajratishga tayyorlanayotgan buxgalteriya hujjatlari boʻlgan hujjatlarni arxivdan olib chiqishga muvaffaq boʻlgan.

Arxiv tomonidan mazkur holat zudlik bilan aniqlanib, tuman Ichki ishlar organiga xabar berilgan.

Holatga huquqiy baho berish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda hamda hujjatlarni mavjudlik holatini tekshirish yuzasidan Ishchi guruhi tuzilib, hujjatlar tarkibi oʻrganilmoqda.

Dastlabki oʻrganish jarayonlarida arxivdan olib chiqilgan hujjatlar tarkibida doimiy saqlovdagi Milliy arxiv fondiga kiritilgan hujjatlar boʻlmaganligi, faqatgina vaqtincha saqlovdagi buxgalteriya hujjatlari boʻlganligi aniqlandi.

Oʻrganishning yakuniy natijalari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar berib boriladi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?