MIB tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmi ishlab chiqildi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 19-may kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi nizomga koʻra, davlat ijrochilari va davlat ijrochisi maqomiga ega boʻlgan xodimlar ijro yigʻimi hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladi.
Ushbu nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini belgilab beradi.
Nizomga muvofiq, moddiy ragʻbatlantirishning aniq miqdori Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasi orqali har oy yakunida avtomatik tarzda hisoblab chiqiladi. Bunda oy davomida tamomlangan ijro ishlari orqali toʻlov tizimlari yordamida undirilgan ijro yigʻimining bir qismi davlat ijrochilariga moddiy ragʻbat sifatida ajratiladi.
Moddiy ragʻbatlantirishning amalga oshirilishi har oy yakunida Byuro direktori va hududiy boshqarma boshligʻining tegishli buyrugʻi asosida kelgusi oyning 10-sanasiga qadar amalga oshiriladi. Bu jarayon tizimli va shaffof hisob-kitoblarga asoslangan holda tashkil etiladi.
Shuningdek, ragʻbatlantirish xarajatlari Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasiga kelib tushadigan ijro yigʻimi mablagʻlarining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar orqali moliyalashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring