Metan «zapravka»lar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar bugundan bosqichma-bosqich olib tashlanadi

12:34 22 Fevral 2024 Jamiyat
162 0

Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, gaz bosimining kamayganini inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida mamlakatdagi barcha metan zapravkalar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar bugundan mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda.

Metan zapravkalar bilan bog‘liq vaziyat haqida kun davomida mahalliy hokimliklar axborot resurslarida hamda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati va Energetika vazirligining rasmiy axborot manbalari orqali xabar qilib boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?