Metan gaz narxi keyingi 6 oyda 3250 so‘mdan oshmasligi qat’iy nazorat qilinadi

11:27 11 Sentyabr 2023 Iqtisodiyot
5037 0

Normativ- huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihada yirik korxonalar, davlat idoralari va yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va gaz tariflari oshishi ko‘zda tutilgan. Tariflar oddiy aholi uchun oshirilmaydi.

Qarorda yuridik shaxslar uchun gaz tariflarining oshishi munosabati bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSH) metan gaz narxi ham keskin ko‘tarilib ketmasligi uchun choralar ko‘rish nazarda tutilgan.

Unga ko‘ra, tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi kelgusi olti oyda kub metr uchun 3 250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha qat’iy choralar ko‘riladi.

Bunda, onlayn rejimda ma’lumotlar uzatmayotgan, chakana sotishda cheklangan narxning asossiz oshirilishiga, noqonuniy ulanishga, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj va noqonuniy iste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ygan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatish choralari ko‘riladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер