Messi qariyb 1-yildan keyin yana xet-trikka erishdi
Bugun, 19-oktyabr kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari chempionati — MLSda 34-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Inter Mayami” klubi “Nashvill” jamoasi mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 2:5 hisobida “Inter Mayami”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda mezbonlar kiritgan gollarga Shafferburg va Surridj mualliflik qildi.
“Inter Mayami” jamoasining gollari esa Balsatar Rodriges, Telasko Segoviya va Leonel Messi (3 ta) hisobiga yozildi.
Qayd etish lozimki, Messi naqd 364 kundan keyin yana xet-trikka erishdi. Argentinalik futbolchi soʻnggi bor 2024-yilning 20-oktyabr sanacida “Nyu Ingland” jamoasi darvozasiga 3 ta toʻp kiritgan edi.
Mos ravishda, oʻyindan keyin “Sofascore” portali Messini oʻyin qahramoni deb topdi. Futbolchining harakatlari portal tomonidan 10 ballga baholandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring