Messi maydonga tushmagan oʻyinda “Inter Mayami” AQSH liga kubogini tark etdi

10:24 14 Avgust 2024 Sport
163 0

Foto: Goal.com

MLSning amaldagi chempioni “Kolambus Kryu” va Lionel Messi yetakchiligidagi “Inter Mayami” oʻrtasidagi Liga kubogi 1/8 finali oʻyini yakunlandi. Uchrashuv 3:2 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, “Kolambus Kryu” turnirning chorak finaliga chiqdi.

Oʻyinda mezbonlar hujumchisi Diyego Rossi dubl qayd etdi. Yana bir golni Kristian Ramires kiritdi. “Inter Mayami” safida Matias Roxas va Diyego Gomes gol urdi, urugvaylik hujumchi Luis Suares esa golli uzatmani amalga oshirdi.

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi uchrashuvni oʻtkazib yubordi. 36 yoshli argentinalik futbolchi bir oy avval Kolumbiya bilan Amerika kubogi final uchrashuvida (1:0) oʻng toʻpigʻidan olgan jarohatidan haligacha tuzalmagan. Oʻshandan beri Messi “Inter Mayami”dagi jamoadoshlari bilan mashgʻulot oʻtkazgani yoʻq.

Qayd etish kerakki, Ligalar kubogi MLS va Meksika Liga klublari oʻrtasidagi turnir hisoblanadi. Oʻtgan yili Messi “Inter Mayami”ga aynan mana shu turnirdagi ilk sovrinini qoʻlga kiritishiga yordam bergan edi.

Avvalroq, “Barselona”ni “yutqazib berish”ga chaqirilgan jamoa yutib ketgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер