Messi kelajagiga aniqlik kiritdi
Foto: Reuters
Argentina terma jamoasi va AQSHning “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi 2026-yilgi jahon chempionatida terma jamoa tarkibida oʻynashni xohlashini tan oldi.
“Aytganimdek, bor eʼtiborimni hozirgi kunga qaratganman, lekin jahon chempionati haqida oʻylamaganman desam, yolgʻon gapirgan boʻlaman. Ha, men u haqida oʻylayman. Bu yil mening kelajagim haqida qaror qabul qilishda asosiy boʻladi. Men toʻgʻri ritmni, izchillikni topmoqchiman”, — deydi futbolchi.
2026-yilgi jahon chempionati kelasi yozda AQSH, Meksika va Kanadada boʻlib oʻtadi. Final uchrashuvi 19-iyulga belgilangan.
Messi Ispaniyaning “Barselona” klubi tarbiyalanuvchi hisoblanadi. U 2003-yildan 2021-yilgacha ushbu jamoa sharafini himoya qilgan. Shu davr mobaynida 835 oʻyin oʻtkazib, raqiblar darvozasiga 709 ta gol urgan.
Messi “Barselona” bilan toʻrt marta Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan. Argentina terma jamoasi bilan 2022-yilgi jahon chempionatida bosh sovrinni qoʻlga kiritgan, ikki marta Amerika kubogida gʻalaba qozongan. U sakkiz marta “Oltin toʻp”ga loyiq koʻrilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring