“Meros” filmi “Muslim Film Festival”da gran-pri gʻolibi boʻldi

15:48 14 Noyabr 2022 Madaniyat
1135 0

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Meros” filmi xalqaro kinofestivallarda ishtirok etishda va sovrindor boʻlishda davom etmoqda. Avstraliyada boʻlib oʻtgan “Muslim Film Festival” xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi dramatik film” nominatsiyasida sovrindor boʻldi.

“Meros” filmi oʻzbek va qozoq xalqlarining eʼtiqod birligi, anʼanalari va koʻp asrlik doʻstligi haqida hikoya qiladi. Oʻzbek millatining naqadar yuksakligi, xalqalar oʻrtasidagi doʻstlik, mehr-oqibat va bagʻrikenglik tushunchalarini oʻzida namoyon etgan, qoʻshni xalqlarning taqdiriga eʼtiborsiz boʻlmagan oʻzbeklar hayoti aks ettirilgan ushbu film festivalning boshqa ishtirokchilarini ham xayratda qoldira oldi deyish mumkin. Buni aynan festival qatnashchilari, xorijiy davlatlar vakillari bildirgan izohlardan ham bilish mumkin. Ayniqsa, turk kinoijodkorlari kinokartinaning bebaho kino asar boʻlganligini va oʻzlarining qalbidan chuqur joy olganini alohida eʼtirof etishdi.

Taʼkidlash oʻrinliki, film joriy yilning may oyida Rossiyada boʻlib oʻtgan “Zolotoy Vityaz” kinoforumida “Qozoq va oʻzbek xalqlari oʻrtasidagi anʼana va munosabatlarning umumiyligi mavzusini ochib bergani uchun” maxsus diplom bilan taqdirlangan. Shu bilan birga iyul oyida Hindistonda oʻtkazilgan “Oltin tulpor” (“Golden Horse Film Festival”) Xalqaro kinofestivalida hamda Pokistonda oʻtkazildigan “Gandhra Independent Film Festival” (GIFF) xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi xorijiy film” va “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” nominatsiyalari boʻyicha gʻolib boʻlgan.

“Meros” filmi shu kungacha oʻndan ortiq xalqaro festivallarda “Yilning eng yaxshi filmi” va yana 4 ta festivalda “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” nominatsiyalari gʻolibi boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер