“Mening pensiyam” onlayn xizmati ishga tushiriladi
Oʻzbekistonda pensiya va gʻaznachilik sohasida zamonaviy xizmatlar joriy etiladi. Prezidentning 2025-yil 26-iyunda qabul qilingan “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni (PF-105-son)ga muvofiq, pensiya va gʻaznachilik tizimida raqamli xizmatlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Farmonga koʻra, gʻaznachilik va pensiya taʼminoti sohasini raqamlashtirish va avtomatlashtirish asosiy yoʻnalishlardan biri etib belgilandi. Shu maqsadda hududlarda aholiga qulaylik yaratish uchun ixcham xizmat koʻrsatish ofislari tashkil etiladi. Shuningdek, fuqarolarga koʻrsatiladigan barcha xizmatlarni toʻliq elektron va proaktiv shaklga oʻtkazish belgilangan.
Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan boshlab gʻaznachilik tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish orqali Raqamli gʻazna tizimi ishga tushiriladi. Bu orqali byudjet mablagʻlarining shaffofligi va maqsadli sarflanishi taʼminlanadi.
Shuningdek, 2026-yil 1-dekabrdan pensiya tizimida bir qator yangi elektron xizmatlar joriy etiladi. Jumladan, fuqarolar oʻz ish staji va ish haqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida pensiya miqdorini oldindan hisoblash imkonini beruvchi “Mening pensiyam” onlayn xizmati faoliyat boshlaydi. Pensiya taʼminoti bilan bogʻliq barcha xizmatlar toʻliq elektron, proaktiv va interaktiv shaklda amalga oshiriladi.
Mazkur chora-tadbirlar aholiga qulaylik yaratish, davlat xizmatlarini soddalashtirish va zamonaviy talablarga mos ravishda raqamli islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring