“Mening bog‘im” loyihasining yangi mavsumi
Ayni paytda yurtimizda “Ochiq byudjet” axborot portalida “Mening bog‘im” loyihasining 2025 yilgi yangi mavsumi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu jarayon uch bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda (5 — 14-aprel) fuqarolar tomonidan portalga loyiha takliflari kiritiladi. Ikkinchi bosqichda kelib tushgan (15 — 20-aprel) loyihalar belgilangan talab va mezonlar asosida saralab olinadi. Uchinchi bosqichda esa (21 — 30-aprel) tanlangan loyihalarga ovoz beriladi. Eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar g‘olib deb topilib, manzilli ro‘yxat asosida moliyalashtiriladi va “yashil bog‘” hamda “yashil jamoat parklari” barpo etiladi.
Ma’lumot uchun, joriy yilda loyiha uchun jami 52 mlrd. so‘m mablag‘ ajratiladi. Mablag‘lar 208 ta tuman va shaharlarga teng ulushlarda, 250 mln. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda taqsimlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring