“Men Putin bilan bugun yoki ertaga gaplashaman” — Tramp
AQSH prezidenti Donald Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan shu haftaning oʻzidayoq muzokara oʻtkazishi mumkin. Bu haqida “The Kyiv Independent” nashri maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, Ukraina vaqtinchalik 30 kunlik oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga tayyorligini bildirganidan soʻng, Tramp Rossiya bilan hamkorlik qilish zarurligini taʼkidlab, Putin bilan muzokarani shu haftadayoq oʻtkazishni reja qilgan.
Rossiya rasmiylari ham Tramp hamda Putin oʻrtasida tez kunda boʻlib oʻtishi mumkin boʻlgan muzokaralar haqidagi maʼlumotlarni inkor etmadi.
“Rossiya vakillari yaqin bir necha kun ichida AQSH rasmiylari bilan muzokaraga kirishishi mumkin. Bu xabarni istisno qilmaymiz”, — deydi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova.
Qoʻshma Shtatlar rahbari Moskva bilan boʻlib oʻtadigan muzokaralardan umidi katta ekanligini yashirib oʻtirmagan.
“Rossiya hamda Ukraina mojarosining yakun topishi dunyo hamjamiyati uchun juda muhim. Men Putin bilan bugun yoki ertaga gaplashaman. Umid qilamanki Putin ham oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻladi. Mening nazarimda bu masala 75 foiz hal boʻlgan”, — degan Amerika rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring