Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi tengdoshini samosud qildi

17:57 13 Avgust 2024 Jamiyat
289 0

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi samosud qilingani aytilgan videolar tarqaldi. Videolar yuzasidan Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati izoh berdi.

Bildirilishicha, videodagi holat 2024-yilning 5-avgust kuni Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Qizil-suv mahallasida joylashgan Mehribonlik uyi oromgohida (Chilonzor tumanidagi 22-sonli mehribonlik uyidan kelgan) tarbiyalanuvchilar oʻrtasida sodir boʻlgan.

Oromgohga dam olishga kelgan 3 nafar (2008-yilda tugʻilgan S.X., D.I va V.L) tarbiyalanuvchilar oʻzaro janjallashgan va ushbu holatni boshqa bir tarbiyalanuvchi video tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

Holat yuzasidan hududiy ichki ishlar boshqarmasi xodimalari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?