MDHning sakkiz davlati suveren mamlakatlar ichki ishiga aralashmaslik to‘g‘risidagi bayonotni tayyorlamoqda

17:36 25 May 2018 Siyosat
2227 0
Foto: Спутник

MDHning sakkiz mamlakati Belarus va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining suveren davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik prinsipi yo‘qolib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka oid bayonoti loyihasi ustida ish olib bormoqda. 

Yaqinda Minsk shahrida shu bo‘yicha ekspertlar guruhi muhokamalari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
Oldinroq Minsk va Moskva tashabbusi bilan tayyorlanayotgan mazkur bayonot loyihasi haqida MDH Ijroqo‘mi rahbari Sergey Lebedev xabar bergandi. 

U MDH davlatlari ekspertlari mazkur loyiha ustida ishni davom ettirganini aytib o‘tgan. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan majlisda Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va kuzatuvchi sifatida O‘zbekiston qatnashdi.
Ishtirokchilar loyiha bo‘yicha kelib tushgan fikr-mulohazalar va takliflarni ko‘rib chiqishdi. Materiallar MDH mamlakatlari tashqi ishlar idoralariga yuboriladi.

Hujjat asosida BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi so‘zsiz ijro etilishi ustidan nazorat hamda ularni kengaytirilgan holda talqin qilishga yo‘l qo‘ymaslik, dunyodagi qarama-qarshiliklarni tartibga solishga g‘ayriqonuniy biryoqlama va blokli yondashuvga qarshi kurashish ta’minlanadi.
“Loyihada tinchlik, global va mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash ishi, shuningdek, xalqaro mojarolarni tinch yo‘l bilan yechish prinsipiga sodiqlik o‘z tasdig‘ini topgan”, deya qayd etgan ushbu tashkilot matbuot xizmati.

Ilgari Belarus TIV rahbari Vladimir Makey yuqoridagi bayonot tayyorlanayotgani haqida ma’lum qilar ekan, zamonaviy dunyoda turli yoqimli bahonalar ostida ko‘plab geopolitik “o‘yinchilar” qator davlatlarning ichki ishlariga faol aralashayotganini ta’kidlagan edi. U misol sifatida Yaqin Sharqdagi “arab bahori” deb nomlanuvchi, keyinchalik “arab qishi”ga aylangan vaziyat aynan davlatning ichki ishiga aralashish oqibati ekanligini keltirib o‘tgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?