Matematika fani boʻyicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II xalqaro olimpiadaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

12:27 02 Oktyabr 2023 Jamiyat
96 0

Joriy yilning 25-29-oktabr kunlari Qoraqalpoq davlat universitetida oliy taʼlim muassasalari talabalari orasida matematika fani boʻyicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II xalqaro olimpiada oʻtkazilishi belgilangan. 25-oktabr kuni olimpiada qatnashchilari Beruniy tumanida tantanali ravishda kutib olindi.

Kunning ikkinchi yarmida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida olimpiadaning tantanali ochilish marosimi boʻlib, unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari B.Otemuratov, Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori Sh.Yakubov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshligʻi N.Kayupov, oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamda filiallar direktorlari qatnashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?