Matematika fan olimpiadasining respublika bosqichida soʻnggi 12 yilda ilk bor oʻquvchi qiz gʻoliblikni qoʻlga kiritdi

Buxoro viloyatida matematika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha fan olimpiadasining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
Matematika boʻyicha Respublika fan olimpiadasining respublika bosqichida ilk bor oʻquvchi qiz Sevara Ostonova gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Bu haqda XTV axborot xizmati xabar berdi.
Sevara 7-sinfdan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib keladi. 2017-yili Hindistonning Lakxnau shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etib, individual oltin jamoaviy kumush medal sohibi boʻldi. 2018-yil Sevara Ozarbayjonning Baku shahrida matematika, kimyo, fizika fanlari boʻyicha oʻtkazilgan olimpiadada kumush medali bilan taqdirlandi.
Soʻnggi bor bundan 12 yil avval 2009-yilda samarqandlik akademik litsey oʻquvchisi Salimova Diyora matematika fan olimpiadasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring