Matbuot anjumani Oʻzbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi yakunlariga bagʻishlandi

17-sentyabr kuni Toshkent shahridagi Sputnik Oʻzbekiston matbuot markazida videokonferensiya shaklida Oʻzbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi natijalariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtgan.
Unda ikki mamlakat parlament aʼzolari, ilmiy va ishbilarmon doiralari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi etdi.
Matbuot anjumanida taʼkidlanganidek, biznes-forum doirasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash, ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor berildi.
Jumladan, forumda Oʻzbekiston va Belarusdan 200 dan ortiq tadbirkorlar, jumladan 60 ta oʻzbekistonlik ayol tadbirkorlar ishtirok etdi. Ular turli sohalardagi loyihalarini taqdim etib, hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Forum doirasida oʻtkazilgan yalpi majlis yakunida biznes-forum deklaratsiyasi qabul qilindi va kelgusi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi.
Tadbir davomida jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring