Masʼullar tamada, fuqaro tergovda: imtiyozli narxda tarqatilishi kerak boʻlgan koʻmir qayerda?

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Qashqadaryo viloyatida imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim boʻlgan koʻmirni sotayotgan shaxslarni fosh qildi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzarlik holati aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro R.K. “Koʻmir taʼminot” MCHJning Qarshi shahri koʻmir ombori masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib, kuz-qish mavsumida imtiyozli narxlarda aholiga tarqatilishi lozim boʻlgan 70 tonna koʻmirni fuqaro R.X.ga 4 000 AQSH dollariga sotishga kelishib olgan.
Shundan soʻng, dastlab 4 tonna koʻmirni ombordan olib chiqib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan Departament xodimlari tomonidan qoʻlga tushirilgan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv jarayonida ushbu koʻmir ombori masʼul shaxslari umumiy bahosi 388,8 million soʻmlik jami 451,4 tonna imtiyozli koʻmirni qimmat narxlarda sotib yuborganliklari aniqlangan. Aholiga koʻmirni imtiyozli narxda tarqatishi kerak boʻlgan masʼullar tamagirlik qilib, ushbu holatda qonunni buzganliklari oshkor boʻldi.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Nodirbek Abdusattorov yana Magnus Karlsenga qarshi dona surishi maʼlum boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring