Masʼud Pezeshkiyon: Eron bombardimon qilingan yadroviy obyektlarni qayta tiklaydi
Foto: Eron prezidenti maʼmuriyati
Eron prezidenti Masʼud Pezeshkiyon mamlakat AQSh va Isroil bombardimon qilgan yadroviy inshootlarni qayta tiklashini maʼlum qildi. Bu haqda prezident maʼmuriyatining rasmiy Telegram kanalida xabar berildi.
Pezeshkiyonning taʼkidlashicha, Eronning ilmiy salohiyati binolarda emas, olimlar ongida mujassam, shu bois inshootlarni yoʻq qilish Tehron uchun jiddiy muammo tugʻdirmaydi.
“AQSh binolarni vayron qilishi mumkin, ammo biz ularni yanada qudratliroq kuch bilan qayta tiklaymiz”, degan u.
Maʼlumot uchun, joriy yilning 13-iyun kuni tunda Isroil yashirin yadroviy dastur olib borishda ayblab, Eronga qarshi harbiy amaliyot boshladi. Hujumlar atom obyektlari, harbiy bazalar va yadro fiziklari faoliyat koʻrsatayotgan markazlarga yoʻnaltirildi.
Eron esa bu ayblovlarni rad etib, javob zarbalarini amalga oshirdi. Tomonlar oʻrtasidagi qarama-qarshilik 12 kun davom etdi va bu jarayonga keyinchalik AQSh ham qoʻshildi. Vashington 22-iyun kuni Eron yadroviy obyektlariga havodan hujum uyushtirdi.
Bunga javoban, Eron 23-iyun kuni Qatardagi El-Udeyd aviabazasiga raketa zarbasi berdi, biroq shundan soʻng mamlakat “jangovar harakatlarni kuchaytirish niyati yoʻqligini” maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring