Mask oʻzining yangilangan sunʼiy intellektini 18-fevralda taqdim etadi
“X” ijtimoiy tarmogʻi va “xAI” texnologik kompaniyasi egasi Ilon Mask yangilangan “Grok” chat-botining yaqinda chiqarilishi haqida maʼlum qildi.
Mask “Yerdagi eng aqlli sunʼiy intellekt” deb taʼriflagan chat-bot bizning vaqt bilan 18-fevral kuni soat 05:00 da (Tinch okeani vaqti bilan 17-fevral soat 20:00 da) taqdim etiladi.
Tadbirkorning soʻzlariga koʻra, yangilangan tizim hali hech bir ishlanma erishmagan darajada maʼlumotlarni tahlil qilish va javoblar berish qobiliyatiga ega. Sinov jarayonlarida “Grok 3” barcha raqobatchilarni ortda qoldirgan.
Qayta ishlangan versiya bepul taqdim etilishi kutilmoqda. Ilgari “Grok” chat-botidan faqat “X Premium” obunachilari foydalanishlari mumkin edi, ammo endi hamma grok.com veb-sayti yoki mobil ilovada botdan foydalanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring