Masdar shamol elektr stansiyalari sunʼiy intellekt bilan jihozlanmoqda
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Masdar va Mubadala kompaniyalari bilan hamkorlikning tamal toshi mamlakatimiz Prezidentining 2019-yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi doirasida qoʻyilgan edi. Oʻshanda elektr stansiyalari qurish boʻyicha shartnomalar imzolanib, Masdar kompaniyasi shamol elektrostansiyasini loyihalash, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishni taʼminlash vazifalarini oʻz zimmasiga olgan.
Shu asosda kompaniya Zarafshon shahri atrofida quvvati 500 MVt.ga teng boʻlgan dunyodagi eng yirik shamol elektr stansiyalaridan birini qurib berdi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, elektr energiyasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabiiy gaz hajmini yiliga 175 mln kub. metrgacha, atmosferaga karbonat angidrid chiqarib tashlashni yiliga 1,1 mln tonnagacha kamaytirish imkoniyatini taqdim etdi.
— Shamol elektr stansiyasi yiliga 500 000 dan ortiq uy xoʻjaliklari isteʼmoliga teng boʻlgan 1,9 gVt/s maqbul va arzon elektr energiyasini ishlab chiqarish hisobiga respublikamizda energiya muvozanati diversifikatsiyasini taʼminlamoqda, — deydi Navoiy “Magistral elektr tarmoqlari “ filiali direktori Alisher Roʻziyev. — Mazkur loyiha asosida Zarafshon shahri va Tomdi tumani hududidagi shamol elektr stansiyalariga ushbu moslamalar toʻliq oʻrnatilib, ayni kunlarda Zafarobod hududidagi stansiyada ham mazkur tadbirlar olib borilmoqda.
Mazkur moslamadagi sunʼiy intellekt dasturiga “Qizil kitob”dagidek qushlar kiritiladi. Moslama ularni bir kilometrgacha boʻlgan masofa olislikda aniqlab, parraklarga yaqinlashishi bilan generator faoliyatini toʻxtadi. Oʻtib ketishi bilan yana harakatga keltiradi. Ushbu moslama qushlar migratsiyasi paytida nihoyatda yuqori samara beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring