Mars haqida ayrim haqiqatlar fosh etildi. “Qizil sayyora” oʻtmishda subarktik iqlimga ega boʻlgan
Foto: Joinfo
Yangi tadqiqotlarda Marsning oʻtmishdagi iqlimi sovuq va subarktik boʻlganiga aloqador faktlar aniqlandi.
Olimlar Geyl krateri (Marsdagi kraterlardan biri – tahr) tuprogʻidagi amorf materiallarga eʼtibor qaratib, Yer va Marsdagi tuproqlarni solishtirdilar. Bu Marsning atrof-muhit sharoitlari va undagi hayot belgilari haqida yangi tushunchalar beradi.
Ilmiy xulosalar shuni koʻrsatadiki, sovuqqa yaqin sharoitlar bu materiallarni saqlab qolgan boʻlishi mumkin. NASAning “Curiosity Rover” qurilmasi 2011-yildan beri Geyl krateri oʻrganib kelmoqda va “X-nurlari amorf material” deb nomlanuvchi koʻplab tuproq materiallarini tahlil qilmoqda. Ularni anʼanaviy usullardan foydalangan holda oʻrganish qiyin. Chunki bu materiallar takrorlanadigan atom tuzilishiga ega emas.
“Curiosity Rover” ushbu amorf materiallar temir va kremniyga boy, ammo alyuminiy miqdori kamligini aniqladi. Ushbu topilma Marsning tarixiy muhiti va bu materiallar qanday shakllanganligi haqida savollar tugʻdiradi.
Olimlar oʻxshash tuproqli Yerning uchta joyiga, Nyufaundlend (Kanada), Shimoliy Kaliforniya va Gʻarbiy Nevada (AQSH)ga tashrif buyurishdi. Ular Nyufaundlenddagi subarktik sharoit Geyl krateridagi kabi materiallarni aniqladilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring