Markaziy saylov komissiyasi raisi Fargʻonada Prezident saylovini oʻtkazuvchi komissiyalar aʼzolari bilan yuzma-yuz muloqot oʻtkazdi

20:21 07 Iyun 2023 Siyosat
565 0

Bugun Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 11-Fargʻona okrug saylov komissiyasi aʼzolari bilan yuzma-yuz muloqot oʻtkazdi.

Shuningdek, viloyatning Qoʻqon, Margʻilon va Fargʻona shaharlari, Dangʻara, Buvayda va Oltiariq tumanlarida boʻlib, “Muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi komissiyalar aʼzolarining malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasi” asosida olib borilayotgan oʻquv-mashgʻulotlari jarayoni hamda uchastka saylov komissiyalari faoliyati bilan tanishdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻquv-mashgʻulot ishtirokchilari bilan boʻlgan muloqot chogʻida muddatidan ilgari oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yuqori saviyada tashkil etish, saylovni umumeʼtirof etilgan xalqaro tamoyillar, ilgʻor milliy va xorijiy tajriba asosida oʻtkazishda mazkur oʻquvlarning ahamiyatiga toʻxtalib, oʻquv materiallarini puxta oʻzlashtirish va saylov qonunchiligi talablari asosida ish yuritish yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Oʻz navbatida 11-Fargʻona okrug saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev saylovga tayyorgarlik jarayonlari, okrug va saylov uchastkalarida yaratilgan sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?