Markaziy Osiyo va Rossiya munosabatlari tarixi va buguni ekspertlar nigohida
Germaniyaning Konrad Adenauer jamgʻarmasi shu yilning 13-17-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasida (Moskva va Qozon shaharlarida) «Yevroosiyoda tarixini ilmiy tadqiq etishning dolzarb masalalari» Yevroosiyo diqqat markazida: Markaziy Osiyо va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi munosabatlarning tarixi va bugungi kuni» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etdi.
Anjumanda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Rossiya va Germaniyaning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va tahlil markazlaridan tarix, manbashunoslik, etnologiya va sotsiologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar va ekspertlar ishtirok etdi. Konferensiyada mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi, keng koʻlamli tashqi va ichki muammolari yuzasidan muhokama qilindi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo va Afgʻoniston qoʻshnichiligi muammolari, chegara xavfsizligi va mintaqada tinch-totuv yashash boʻyicha dolzarb masalalar chuqur tahlil qilindi.
Yetakchi ekspertlar: Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti professori I.Safranchuk, Germaniyaning Sharqiy Yevropa va xalqaro aloqalarni oʻrganish markazining ilmiy xodimi, doktor Beata Eshment, Markaziy Osiyo xalqaro instituti eksperti Ravshan Nazarov, tojikistonlik siyosiy sharhlovchi, jurnalist Sharif Hamdampurlar Afgʻonistondagi ichki vaziyat va uning mintaqaviy siyosati, ziddiyatning etnopolitik jihatlari, Markaziy Osiyodagi afgʻon siyosiy aspekti yuzasidan Yevroosiyodagi geosiyosiy vaziyat toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.
Anjuman doirasida Rossiya va Markaziy Osiyodagi tarixiy tadqiqotlarning dolzarb masalalariga bagʻishlangan qismida Markaziy Osiyo xalqaro institutining Tarixiy-madaniy merosni oʻrganish va gumanitar tadqiqotlar boʻlim boshligʻi tarix fanlari nomzodi A.Sabirov “Ogʻzaki tarix (oral history). Markaziy Osiyo tajribasi” va boʻlimning bosh ilmiy xodimi tarix fanlari nomzodi P. Abdullayev “20 asr boshlarida Markaziy Osiyodagi milliy siyosiy tashkilotlar” mavzusida maʼruza qilishdi.
MOXI mutaxassislari arxiv va boshqa noyob tarixiy hujjatlardan foydalanib, XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda koʻp partiyali tizimning shakllanishi bilan bogʻliq ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga alohida eʼtibor qaratdilar. Xususan, ular ijtimoiy-siyosiy tarixni oʻrganish jarayonida fanlararo tadqiqot usullari asosida yangi yondashuvlarni, jumladan, ogʻzaki tarix sifatida yangi metodologik yoʻnalishini taklif qilishdi.
Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Konrad Adenauer xalqaro jamgʻarmasi oʻrtasida imzolangan hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan, konferensiya doirasida MOXI taqdimoti oʻtkazildi.
Unda MOXI ekspertlari tomonidan bir qator xorijiy tahlil markazlari bilan hamkorlik boʻyicha samarali muzokaralar olib borildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring