Marhum ijodkorlarning turmush o‘rtoqlari hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari taqdirlandi
Poytaxtimizdagi Adiblar bog‘ida qad rostlagan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosida “Keksalar haftaligi” loyihasi doirasida bir qator marhum ijodkorlarning turmush o‘rtoqlari hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolariga “Mehnat faxriysi” esdalik nishoni topshirildi.
Taqdirlash marosimida ustoz yozuvchi-shoirlar, yosh ijodkorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
— Inson bir ishga sidqidildan yondashsa, o‘z kuchini xalqi, yaqinlari farovonligi uchun sarflasa, mehnatini ayamasa u baxtli insondir. — deydi O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning umr yo‘ldoshi O‘lmasxon Hoshimova. — Men bugun ikki karra baxtli insonlar safiga kirdim, chunki “Mehnat faxriysi” degan nishonga sazovor bo‘ldim. Mening xizmatim nimada? Men qo‘limdan kelganicha umr yo‘ldoshim Erkin Vohidovning yonida suyanchiq bo‘ldim, yaxshi-yu yomon kunlarida yonida turdim, qayg‘uga cho‘msa qayg‘usini aritishga, tashvish tortsa tashvishini ketkazishga harakat qildim. Bu aslida har bir o‘zbek ayolining zimmasidagi vazifa. Shu kichik xizmatlarim evaziga mukofotlaganimdan xursandman.
Taqdirlash marosimida “Mehnat faxriysi” esdalik nishoniga munosib ko‘rilgan keksa avlod vakillarining ibratli faoliyati va erishgan natijalari eʼtirof etildi hamda bu yutuqlar yosh avlodga namuna sifatida ko‘rsatildi.
“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxati:
1. Karomat Obidjonova – O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning umr yo‘ldoshi;
2. O‘lmasxon Hoshimova – O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning umr yo‘ldoshi;
3. Muborak Fozilova – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi Nosir Fozilovning umr yo‘ldoshi;
4. Gulchehra Vohidova – O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning umr yo‘ldoshi;
5. Hamidjon Hamidiy – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim, tarjimon;
6. Kavsar Turdiyeva – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, bolalar shoiri;
7. Kengesboy Karimov – Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
8. Maryam Yoqubova – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning umr yo‘ldoshi;
9. Gulchehra Jo‘rayeva – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira;
10. Manzura Rahmonova – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shavkat Rahmoning umr yo‘ldoshi;
11. Maʼsuma Ahmedova – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning umr yo‘ldoshi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi va tarjimon;
12. Zulfiya Mo‘minova – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira;
13. Hulkar Hamroyeva – shoir Aʼzam O‘ktamning umr yo‘ldoshi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
14. Saida Xolmirzayeva – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayevning umr yo‘ldoshi.
Rahmatjon BOBOJONOV, (“Xalq so‘zi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring