Maqsud Shayxzoda haqidagi film hamkorlikdagi eng yaxshi kinoloyiha sifatida eʼtirof etildi
Kinematografiya agentligi va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda “First art media” studiyasi tomonidan suratga olingan “Maqsud Shayxzoda. Erkka intilgan shoir” hujjatli filmi Ozarbayjon Respublikasida ham namoyish etildi.
Film ssenariy muallifi va rejissyor Nurillo Narzullayev, operator Muzaffar Yusupov, prodyuser Tohirbek Qoʻchqorbekov.
Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan mazkur kinokartina Oʻzbekiston va Ozarbayjon hamkorligida yaratilgan eng yirik va eng yaxshi kinoloyiha sifatida eʼtirof etildi hamda film prodyuseri Tohir Qoʻchqorbekov faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Kinokartina haqida Ozarbayjon Respublikasi televideniye, matbuot va internet nashrlarida xabarlar chop etildi, hozirda film ozarbayjon tiliga tarjima qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring