“Manchester Yunayted” klubi Angliya kubogi musobaqasidan chiqib ketdi
Kechab 27-avgust kuni Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazib kelinadigan Angliya kubogi musobaqasining ikkinchi raund bahslari yakunlandi. Ahamiyatlisi, Premyer-liga vakili “Manchester Yunayted” klubi oʻz ishtirokini aynan shu bosqichda yakunlaydigan boʻldi.
“Qizil iblislar” ushbu bosqichda Angliya toʻrtinchi divizioni vakili boʻlgan “Grimsbi” jamoasi bilan kuch sinashdi. Oʻyinning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
MYUdan gollarga Harri Maguayr va Brayan Mbuemo mualliflik qildi. “Grimsbi”ning javob gollari esa Charlz Vernam va Tayrell Uorren hisobiga yozildi.
Uchrashuvda durang natija qayd etilgani bois, gʻolib nomiga penaltilar seriyasida oydinlik kiritildi. Unda “Grimsbi” klubi 12 ta, “Manchester Yunayted” jamoasi esa 11 ta gol kiritdi. Shu tariqa musobaqaning keyingi bosqichiga “Grimsbi” jamoasi yoʻl oldi.
“Manchester Yunayted” esa oʻz tarixida oltinchi marta musobaqani ikkinchi bosqichdayoq yakunlaydigan boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- “Oʻzbekiston –2030” strategiyasining yangi tahrirdagi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring