«Manchester Yunayted» futbolchisi nomusga tegish va inson hayotiga qasd qilish tahdidida gumonlanib hibsga olindi
Illyustrativ foto
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi futbolchisi Meyson Grinvud hibsga olindi. Uning qizni zoʻrlash va kaltaklash ayblovlariga endi qotillik tahdidi ham qoʻshildi.
Seshanba kuni Manchester politsiyasi «Manchester Yunayted» futbolchisi Meyson Grinvudni hibsga olish muddatini 2-fevralgacha uzaytirgani maʼlum boʻldi.
30-yanvar kuni futbolchi sevgilisi Xarriyet Robson «Instagram» ijtimoiy tarmogʻida qonga belangan yuzi va tanasining turli qismlaridagi koʻkarishlar suratlarini joylashtirgani uchun hibsga olingan edi.
Politsiya boshida ushbu ishga aloqasi borlikda gumon qilinib, 20 yoshli yigit hibsga olinganini maʼlum qilib, uning shaxsini ochiqlamagan edi.
OAV xabarlariga koʻra, seshanba kuni politsiya Grinvudni qoʻshimcha soʻroq qilish uchun hibsga saqlash muddati uzaytirilganini haqida bayonot tarqatdi.
“Tergovchilarga ayolga zoʻrlashda gumon qilingan 20 yoshli yigit bilan suhbatlashish uchun qoʻshimcha vaqt berildi. Shundan soʻng soʻng u jinsiy zoʻravonlik va oʻlim bilan tahdid qilishda gumonlanib hibsga olindi”, deyiladi politsiya maʼlumotida.
Oʻz navbatida, «Manchester Yunayted» bayonot bilan chiqib, klub har qanday zoʻravonlikni keskin qoralashini va Grinvud hozircha mashgʻulotlardan chetlashtirilganini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring