“Manchester Siti” safarda “Brayton”ga magʻlub boʻldi
Kecha, 31-avgust kuni Angliya Premyer ligasining 3-tur bahslari yakunlandi. Turning soʻnggi oʻyinlaridan birida “Manchester Siti” klubi Falmer shaharchasida “Brayton” klubi mehmoni boʻldi. “American Express” stadionida kechgan bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 34-daqiqasida Erling Holand hisobni ochdi. 67-daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Jeyms Milner penaltidan hisobni tenglashtirdi. 89-daqiqada Brayan Gruda “Brayton”ga gʻalaba olib kelgan golni kiritdi. Shu tariqa Pep Gvardiola shogirdlari ushbu mavsumdagi uchinchi oʻyinidayoq ikkinchi magʻlubiyatini qabul qilib oldi.
Ahamiyatlisi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va “Brayton” gʻalaba golini kiritishidan 4 daqiqa oldin Ruben Diashga almashtirildi.
Abduqodir maydonda harakat qilgan daqiqalarida 90 foiz uzatmalari aniq chiqdi. 6-marta raqibning hujumini toʻxtatib qoldi. Oʻzi qatnashgan yelkama-yelka duellar 7 tasida raqiblarini yutdi. “Sofascore” portali Husanovning oʻyinini 6,7 ballga baholadi. Bu “Manchester Siti” himoyachilari ichidagi eng yaxshi ball edi.
Maʼlumot uchun, “Manchester Siti” jamoasi Angliya Premyer ligasidagi keyingi oʻyinini 14-sentyabr kuni “Manchester Yunayted” klubiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring