“Manchester Siti” qatorasiga uchinchi oʻyinida durang oʻynadi

10:52 08 Yanvar 2026 Sport
286 0

Kecha, 7-yanvar kuni Angliya Premyer-ligasining 21-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov toʻp surayotgan “Manchester Siti” klubi oʻz maydonida “Brayton” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Bahsda hisob 41-daqiqada penaltidan ochildi. “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand 11 metrli jarima zarbasini bexato amalga oshirdi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 60-daqiqasida Kaoru Mitoma mehmonlarning javob goliga mualliflik qildi. Shu tariqa oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov bu gal 3,5 oylik tanaffusdan soʻng yana Premyer-liga doirasidagi oʻyinni asosiy tarkibda boshladi. Futbolchi soʻnggi bor 2025-yil sentyabr oyida boʻlib oʻtgan “Arsenal” — “Manchester Siti” (1:1) oʻyinida asosiy tarkibdan oʻrin olgan edi.

Abduqodir oʻyinni ancha ishonchli oʻtkazdi. U qatnashgan 4 ta toʻp uchun kurashning barchasida gʻalaba qozondi. Shuningdek, u amalga oshirgan 71 ta uzatmaning 94 foizi aniq chiqdi. “Sofascore” portali mutaxassislari Abduqodirning kechagi oʻyinini 7,1 ballga baholashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер