“Manchester Siti” Premyer ligani juda yaxshi boshladi
Kecha, 16-avgust kuni Angliya Premyer ligasida 1-tur oʻyinlari davom ettirildi. Tur doirasida Pep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” klubi “Vulverxempton” jamoasi mehmoni boʻldi. Uchrashuv 0:4 hisobiga “shaharliklar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Gollarga Erling Xoland (2 ta), Tijani Reyynders va Rayan Sherki mualliflik qildi. Reyynders oʻz debyutida jamoasi uchun ham gol urdi, ham golli uzatma amalga oshirdi. Koʻplab nashrlar tomonidan u mazkur bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ushbu oʻyinning 82-daqiqasida Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov zaxiradan oʻyinga qoʻshildi. U Jon Stounsni almashtirdi.
Qisqa vaqt mobaynida maydonda harakat qilgan Abduqodirning deyarli har bir urinishi aniq chiqdi. U 4 ta aniq pas berdi. 1-marta raqib hujumiga chek qoʻydi. Duellarda 3-marta qatnashib, barchasida gʻalaba qozondi. “Sofascore” portali uning kechagi oʻyinini 7 ballga baholadi.
Eslatib oʻtamiz, “Manchester Siti” keyingi oʻyinini 23-avgust kuni “Tottenhem”ga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring