“Man Siti” klubi yana bir yosh himoyachi sotib oldi. Husanov bilan yaxshi tandem boʻladimi yoki raqobat?!
“Manchester Siti” klubi rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari braziliyalik himoyachi Vitor Reis jamoaga kelib qoʻshilganini eʼlon qildi.
19 yoshli futbolchi toʻrt yarim yillik shartnoma asosida “shaharliklar” tarkibiga oʻtdi. 2029-yilning yozigacha amal qiladigan shartnomani tuzish uchun “Man Siti” 35 million yevro toʻlaydi.
Reis bugunga qadar Braziliyaning “Palmeyras” jamoasi safida toʻp surgan. Futbolchi yangi jamoasida 22-raqamda toʻp suradi.
“Vitor Reis — dunyodagi eng umidli yosh himoyachilardan biri va biz uni jamoaga olib kelganimizdan xursandmiz”, — deydi klub sport direktori Chiki Begiristayn.
Eslatib oʻtamiz, “Manchester Siti” klubi hamyurtimiz Abduqodir Husanov transferini ham eʼlon qilgan edi.
Eʼtiborlisi shundaki, Abduqodir Husanov ham, Vitor Reis ham markaziy himoyachi sanaladi.
Muhim savol tugʻiladi: Abduqodir Husanov hamda Vitor Reis oʻz pozitsiyasi uchun raqobat olib boradimi yoki oʻzaro tandem hosil qiladimi? Bu endi vaqt masalasi.
Taxminlarga koʻra, Abduqodir Husanov hamda Vitor Reisni muxlislar bilan tanishtiruv taqdimoti 25-yanvar kuni APL doirasida boʻlib oʻtadigan “Chelsi” klubiga qarshi bahsdan oldin “Etihad” stadionida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring